Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi joriy yilning 13 iyun kuni soat 11-00 da o‘tkaziladi.
Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan:
- “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi, “Inson aʼzolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish,
- ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ko‘rib chiqiladi.
Xususan, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash to‘g‘risidagi masala kun tartibida bo‘ladi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi.


