1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Oliy sud Toshkentdagi teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishini ko‘rishni boshladi

Oliy sud 1999-yil 16-fevralda Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishini ko‘rishni boshladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Oliy sud Toshkentdagi teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishini ko‘rishni boshladi

 

Maʼlumotlarga ko‘ra,  bir necha sobiq bojxona xodimi 2021 yilda oqlangan. Biroq Toshkent viloyati prokurori oqlov hukmi ustidan shikoyat qilganidan so‘ng, ish qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan.

 

30 sentabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar kollegiyasi ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni boshladi. Prokuror Toshkent viloyati prokurorining protestini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va sobiq bojxona xodimlarining oqlanishini bekor qilishni va ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘radi.

 

Shu bilan birga, sudlanuvchilarning advokatlari sudga ayblanuvchining aybsizligini va prokuror protestida keltirilgan dalillar aybni tan olish uchun asos bo‘la olmasligini eʼlon qilishdi. Sudlanuvchilar suddan 2021 yil 24 iyulda Toshkent viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi tomonidan chiqarilgan oqlov qarorini kuchda qoldirishni va protestni qondirishni rad etishni so‘rashdi.

 

Maʼlumot uchun: Sud tanaffus eʼlon qildi, ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 2021 yil 7 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq 16 fevral voqealari bo‘yicha sudlangan 5 kishi  oqlangandi. Shuningdek, 16 fevral teraktini uyushtirgan o‘ta xavfli shaxs oradan 23 yil o‘tib, ushlangandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика