1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oliy sudda birdaniga 7 nafar xodim bo‘shashga ariza yozdi

Ularni “uchirishdi”mi yoki o‘z ixtiyori bilan ishdan ketdimi?

Oliy sudda birdaniga 7 nafar xodim bo‘shashga ariza yozdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy sudda kadrlarni ishdan bo’shatish, butun boshli bir boshqarmaning barcha xodimlari ishdan olingani to’g’risida tarqalgan xabarlarga Oliy sud matbuot xizmati munosabat bildirdi.

 

Munosabatda Oliy sudda turli boshqarma va bo‘limlarda turfa lavozimlarda (sudyalar emas) faoliyat olib  borgan 11 nafar xodim sudya bo‘lish istagida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Sudyalar oliy maktabiga o‘qishga qabul qilingani qayd etilgan.

 

Ya’ni, nafaqa yoshidagi 7 nafar xodim (4 nafari Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan, 3 nafari esa boshqa boshqarma va bo‘limlardan) o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan. Shu munosabat bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Xususan, munosabatda sudyalarni saylash (tayinlash) va ularning vakolatini tugatish masalasi Oliy sud vakolatiga kirmasligi, hozirda mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarini yosh va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilayotganligi ma’lum qilinishi ta’kidlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика