1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oliy ta'lim bitiruvchilarini ishga olgan korxonalarga imtiyozli kredit beriladi

Yoshlar bandligini oshirish maqsadida banklarga 300 mln dollar resurs ajratilib, yangi kredit tizimi joriy qilindi.

Oliy ta'lim bitiruvchilarini ishga olgan korxonalarga imtiyozli kredit beriladi

Yoshlar bandligini oshirish maqsadida tijorat banklariga 300 million dollar miqdorida kredit resursi ajratildi. Endilikda bitiruvchilarning katta kredit olish va uni qaytara olmaslik xavotirini kamaytirish uchun imtiyozli kredit mablag‘ining bir qismi bevosita bitiruvchini ishga olgan korxonalarga yo‘naltiriladi.

 

Tartibga ko‘ra, ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit ajratiladi. Masalan, 1 milliard so‘mgacha kredit olgan korxona kamida 1 nafar, 5 milliard so‘m olgan korxona esa kamida 5 nafar bitiruvchini ish bilan ta’minlashi lozim. Agar imtiyozli kredit olgan korxona 2 yil ichida bitiruvchini ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.

 

Mazkur yangi tizim nafaqat joriy yildagi, balki oliy ta’lim muassasasini tugatganiga 3 yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика