1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Olmaliqda 10-sinf qiz maktabda yig‘ilishidan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

Holat bo‘yicha tekshiruv boshlandi.

Olmaliqda 10-sinf qiz maktabda yig‘ilishidan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

 

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi maktablarda ichki ishlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “tarbiyaviy suhbat” jarayonida 2009-yilda tug‘ilgan maktabning yuqori sinf o‘quvchisi  K.E. vafot etdi. Bu haqda “Nemolchi.uz” xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, voqea Olmaliqdagi maktablardan birida ichki ishlar organlari xodimlari yuqori sinf o‘quvchi qizlariga «tarbiyaviy» yig‘ilish o‘tkazgani vaqtida sodir bo‘lgan. Xodimlar qizlarga turli mish-mish va g‘iybatlarni tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik haqida baland ovozda tushuntirish bergan.

 

“Yig‘ilish vaqtida bunday munosabatdan cho‘chib, olingan stress natijasida qizlardan birining qonida tromb uzilib ketgan va u vafot etgan”, — deyiladi “Nemolchi.uz” xabarida.

 

Mazkur holatga Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.  

 

Boshqarmaga ko‘ra, voqea joriy yilning 28-yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

 

Munosabatga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchisi K.E. maktab yo‘lagida hushini yo‘qotgan.

 

“Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, qiz vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика