1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Olmaliqda begona qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

U bu harakatni mast holda sodir etgan.

Olmaliqda begona qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Maʼlum qilinishicha, fuqaro T.S. mast holda o‘ziga notanish bo‘lgan N.M.ga to‘satdan  tegajog‘lik qilib, shahvoniy shilqimlik  qilgan. Ayol N.M. voqea sodir bo‘lgan vaqtda shifoxonadan chiqib, uyiga ketayotgan bo‘lgan. 

 

Mazkur holat joriy yilning 15 iyun kuni soat 12:15 atrofida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yuz bergan.

 

Natijada ayol fuqaro N.M. IIB xodimlarini chaqirgan. Biroq T.S. mast holda sababsiz IIB xodimlarini haqoratlab, baqir-chaqir qilib, janjal ko‘targan. 

 

Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Olmaliq shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud majlisida fuqaro T.S. IIB  xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganligini, nima sababdan bunday qilganligini eslay olmasligini, qilgan ishidan pushaymonligini va ushbu holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro T.S.ga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, jazoni o‘tgan har bir kuni uchun huquqbuzar T.S.dan BHMning 15 foiz miqdorida jami 765.000 so‘m undirilishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика