1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Olmaotadan Toshkentga uchgan samolyot texnik sababga ko‘ra ortga qaytdi

Samolyot bortida qo‘shiqchi Basta ham bo‘lgan.

Olmaotadan Toshkentga uchgan samolyot texnik sababga ko‘ra ortga qaytdi

 

 


Air Astana aviakompaniyasining Olmaota–Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi samolyoti texnik sababga ko‘ra uchish aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. KC-127 рейси A-320-271NEO rusumli samolyotda amalga oshirilayotgan edi.

 

Ma’lum qilinishicha, ekipaj parvoz davomida texnik nosozlik aniqlangach, xavfsizlik nuqtai nazaridan Olmaota aeroportiga qaytish haqida qaror qabul qilgan. Samolyot belgilangan tartibda muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.

 

Reys yo‘lovchilari orasida rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Basta ham bo‘lgan. U bugun Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida konsert berishi rejalashtirilgan edi.

 

Texnik sabablar tufayli konsert boshqa sanaga — 17-fevralga ko‘chirilgani ma’lum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика