Polshada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogi ikkinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallarni quyidagi bokschilar qo‘lga kiritdi:
–55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
–65 kg: Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev
–75 kg: Fazliddin Erkinboyev
–80 kg: Javohir Ummataliyev
–85 kg: Akmaljon Isroilov
+90 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal –57 kg vazn toifasida Humorabonu Mamajonovaga, bronza medallar esa Samandar Olimov (60 kg) va G‘ofurjon Tohirovga (70 kg) nasib etdi.


