Yaqinda “Oltin to‘p-2024” nominatsiyasi g'olibi aniqlandi. "Goal" nashri esa 2025-yilgi sovrin uchun kurashda favoritlarni saralab oldi. Xo'sh, eng kuchli beshlikka kimlar kirdi?
5-o'rin - Jamol Musiala
"Bavariya" yarim himoyachisi bu mavsumda 14 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
4-o'rin - Vinisius
"Real Madrid" vingeri o'tgan mavsumda UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi. Braziliyalik futbolchi 17 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
3-o'rin - Rafinya
"Barselona" yarim himoyachisi joriy mavsumda 17 ta o'yinda 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
2-o'rin - Robert Levandovski
“Barselona” forvardi 19 ta o‘yinda 19 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
1-o‘rin – Muhammad Saloh
“Liverpul” hujumchisi 17 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.


