"Goal nashri" 2025-yilgi "Oltin to'p"ga davogarlar uchun prognozni e'lon qildi. Reytingda jiddiy o'zgarishlar ro'y bergan.
6 - o'rin, Vinisius Junior
Braziliyalik futbolchi dekabr oyida reytingning ikkinchi pog'onasida kelayotgan edi. Biroq, ayni vaqtga kelib hujumchi oltinchi o'ringa tushib qoldi. U joriy mavsum "Real Madrid" safida 28 ta o'yinda 16 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
5 - o'rin, Kilian Mbappe
"Real Madrid"ning yana bir futbolchisi Kilian Mbappe umumiy ro'yxatda beshinchi o'rindan joy olgan. Fransiyalik hujumchi joriy mavsumda 33 o'yinda 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
4 - o'rin, Robert Levandovski
"Barselona" hujumchsi dekabr oyidagi ko'rsatkichlarga qaraganda bir pog'ona yuqoriladi. Levandovski joriy mavsumda 32 ta o'yinda 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
3 - o'rin, Lamin Yamal
"Barselona vingeri dekabr oyida kuchli beshlikka kira olmagan edi. Biroq, ayni vaqtda "Oltin to'p" uchun kurashda uchinchi o'rinda bormoqda. Yamal joriy mavsum 30 ta o'yinda 11+16 natija qayd etdi.
2 - o'rin, Rafinya
"Barselona" hujumchisi avvalgi o'rniga nisbatan bir pog'ona yuqoriladi. Rafinya joriy mavsumda 34 o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
1 - o'rin, Muhammad Saloh
"Liverpul" hujumchisi birinchilikni hech kimga bermay kelmoqda. Bu mavsumda Saloh 34 ta o'yinda qatnashib, 26 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


