1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ombudsman aralashuvidan so‘ng 40 million so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi

"Surxondaryo Agroxizmat" MCHJning to‘rt nafar sobiq xodimi shu yilning avgust oyida aprel-iyul oylari uchun ish haqi vaqtida to‘lanmay kelgani sababli ishdan bo‘shagan. Lekin ularga 4 oylik maoshi ham to‘lanmay, xodimlar bilan yakuniy hisob-kitob qilinmagan.

Ombudsman aralashuvidan so‘ng 40 million so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi

 

 

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi bu fuqarolar ish haqlarining to‘lab berilishida amaliy yordam so‘rab, Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qiladi.

 

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, "Surxondaryo Agroxizmat" MCHJga mehnat qonunchiligi buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha murojaat yuborilgach, jamiyat sobiq ishchilarining qoldiq ish xaqlari to‘liq hisoblab chiqilib, ularga 40 million so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MIB Namanganda 15 nafar fuqaroning 26 milliard so‘mlik ish haqlarini undirib bergani hamda  O‘zbekistonda byudjet tashkiloti xodimlarining ish haqlarini onlayn kuzatib borish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика