Nevrologlar koronavirusning Omicron shtammi bilan kasallangan odamlarga kofedan voz kechishni maslahat bermoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, COVIDdan keyingi davrda ishlatiladigan stimulyatorlar sonini minimallashtirish kerak. Ushbu modda organizmdagi adenozin trifosfat (ATP) zahiralarini yo‘q qiladi. Shu bilan birga, ATP energiya va moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi
Mutaxassislar shuningdek, kofein tanadagi suvsizlanishga olib keladi, buning natijasida qon ivishi kuchayadi va unda turli mikroyelementlar kamayadi, degan xulosaga kelishdi. Bu omillar yurak va yurak-qon tomir tizimiga salbiy taʼsir qiladi. Shuning uchun qahvani ko‘k choy bilan almashtirish foydali.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoda koronavirus bilan zararlanganlar soni 400 millionga yetgani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva


