Microsoft asoschisi, milliarder Bill Geyts koronavirus pandemiyasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda biznesmen o‘z Twitter sahifasida yozib qoldirgan.
“O‘ta xavfli shtammlarning paydo bo‘lishi ehtimoli kam, ammo pandemiyada biz ko‘plab “syurpizlar”ga duch keldik”, – degan u.
Shu bilan birga Geyts “Omicron” shtammi tufayli yaqin bir yil uchun ko‘plab odamlarda immunitet shakllanadi. Shuningdek, u maʼlum vaqt koronavirusga qarshi doimiy emlanib yurish mumkinligini ham taxmin qilgan.
Avvalroq Yaponiya xorijliklarga “Omicron” tufayli mamlakatga kirishni fevral oxirigacha taqiqlagani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


