1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Omikron" pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog

“Koronavirusdan o‘lim holatlari soni grippning o‘lim holatlari soniga tenglashganda – pandemiya tugagani haqida xulosa qilish mumkin”.

"Omikron" pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog

 

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi pandemiyani tugatishi mumkin, – dedi Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi virusologi Anatoliy Altshteyn

 

Professorning so‘zlariga ko‘ra, omikron-shtamm aniqlanganiga yaqinda bir oy bo‘ladi, lekin o‘tgan vaqt ichida omikron-shtammi yuqqan bemorlarning birortasida kasallik og‘ir kechgani yoki o‘lim holatlari bo‘lgani kuzatilmagan. Lekin shu bilan birga ushbu shtamm o‘ta yuqumliligi aniqlangan.

 

“Omikron odamlarga yuqadi, biz yengil ko‘rinishdagi kasallarni ko‘ramiz va shundan so‘ng hech qanday koronavirus bizga xavfli bo‘lmaydi”, – deydi virusolog.

 

O‘ta yuqumlilik - yangi virus xususiyatlaridan biri. Bu yangi virusning S-oqsilida mutatsiyalar juda ko‘pligi bilan izohlanadi. Ya’ni virusning genomi barqaror bo‘lmasa, kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11-noyabr kuni aniqlangan edi. Bugungi kunda omikron 27 ta davlat hududida aniqlangan.

 

Javohirbek Tursunov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика