1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Omiсron” insoniyat tarixidagi eng yuqumli virusga aylandi

Dunyo bo‘yicha kasallikka chalinish holati rekord darajaga yetdi.

“Omiсron” insoniyat tarixidagi eng yuqumli virusga aylandi

 

Kuni kecha dunyo bo‘ylab 2,7 milliondan ortiq kishida “СOVID-19” infeksiyasi aniqlandi.

 

Murakkab epidemiologik vaziyat qator mamlakatlarda yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. 

 

Xususan, Buyuk Britaniyada tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi tufayli harbiy xizmatchilar shifokorlarga yordamlashishga kirishdi.

 

Italiyadagi shoshilinch tibbiy yordam muassasalarida o‘rin-joylar yetishmayapti. Shu sababli endi bemorlarni maxsus chodirlarda muolaja qilish yo‘lga qo‘yildi.

 

Ispaniya olimlari esa “omiсron”ni “insoniyat tarixidagi eng yuqumli virus” deb atashdi.  U hozirgacha bu borada qayd etilgan barcha rekordlarni yangiladi.

 

Tibbiyot tarixi bilan shug‘ullanuvchi olim Anton Arakorkening ta’kidlashicha, “omikron” bizga ma’lum viruslar ichida eng “portlovchi” mikroorganizmdir. XIX asrda vaboning dunyo bo‘ylab tarqalishi uchun yillar kerak bo‘lgan. Yangi mutasiya esa bu marrani bir oydayoq “zabt” etdi.

 

Avvalroq mutaxassislar tomonidan "Omicron" shtammining dastlabki alomatlari ma’lum qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика