1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Ona xasta farzandiga jigarining bir bo‘lagini berdi

Operatsiya 12 soatdan ortiq davom etdi.

Ona xasta farzandiga jigarining bir bo‘lagini  berdi

 

Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor Karoli sindromiga chalingan bemorda murakkab jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda SSV maʼlumot berdi.

 

Ushbu jarrohlik amaliyoti o‘zbekistonlik shifokorlar tomonidan mustaqil amalga oshirildi. Jarrohlik amaliyotida navoiylik 18 yoshli Feruzbek Shamsiddinovga 44 yoshli onasi Gulchehra Yuldashevaning jigaridan bir bo‘lagi ko‘chirib o‘tkazildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha F.Shamsiddinovda Geptit "V" kasalligining kamdan-kam uchraydigan og‘ir turi aniqlangan.

 

Shifokorlar tavsiyasi bilan tibbiy muolajalar olgan. Biroq ahvolida ijobiy o‘zgarish bo‘lmagan. Shundan so‘ng Buxoro viloyat klinik shifoxonasida qayta tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan. Yakuniy tahlillardan keyin shifokorlar jigarda jiddiy xastalik borligi va bu kasallikni Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida operatsiya orqali davolash mumkinligini aytishgan.

 

Buxorolik shifokor Azimjon Usmonovning aytishicha, Karoli sindromi kamyob kasallik bo‘lib, har million kishining bittasida aniqlanadi. Bemor yosh bo‘lgani, kasallik irsiy ekani hamda hech qanday virusli infeksiya yo‘qligi sababli Feruzbek operatsiyadan so‘ng o‘zini tez tiklab oladi.

 

Donorlikka bemorning onasi tekshirilganda jigarning bir bo‘lagini olish uchun barcha ko‘rsatkichlar mos kelgan. Biroq ayol ortiqcha vaznga ega bo‘lgani uchun bir oy ichida 10 kilogrammga ozishiga to‘g‘ri kelgan. Hozir har ikkala bemorning ham ahvoli yaxshi, donor esa palataga olingan.

 

Avvalroq, O‘zbekistonda bir yilda 50 ta jigar transplantatsiyasini amalga oshirilish rejalashtirilgani hamda Buxorolik jigar sirrozi bilan xastalangan bemorga akasining jigaridan bir bo‘lak ko‘chirib o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика