1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Onix‘ning yana ikkita komplektatsiyasi uchun shartnoma berish to‘xtatildi

Ayni paytda Onix‘ning eng qimmat modellari uchungina kontraktatsiya tuzish mumkin.

Onix‘ning yana ikkita komplektatsiyasi uchun shartnoma berish to‘xtatildi

 

UzAuto Motors‘ning rasmiy dilerlik markazlari Onix Premier 1 (207,3 million so‘m) va Onix Premier 2 (214,7 million so‘m) modellari uchun yangi shartnomalar qabul qilishni to‘xtatdi.

 

Avvalroq, kompaniya Chevrolet Onix‘ning 149 million, 155 million, 159 million va 185 million so‘mlik komplektatsiyalari sotuvini to‘xtatgan edi.

 

Ayni paytda Onix‘ning eng qimmat modellari uchungina kontraktatsiya tuzish mumkin:

 

  • Onix Premier 2 Plus (221,6 million so‘m);

  • Onix Redline (230,6 million so‘m).

 

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillari sotuvini 2022 yilning 1 noyabridan boshlagandi. O‘tgan davr mobaynida Onixʼning 149 million so‘mlik, 155 million so‘mlik, 159 million so‘mlik va 185 million so‘mlik modellari ham hech qanday izohsiz va tushuntirishsiz sotuvdan olib tashlandi.

 

126,5 million so‘mlik komplektatsiya esa noyabr oyida eʼlon qilingan komplektatsiyalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, amalda ishlab chiqarilgani yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика