1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Open budget‘da yutolmasa hammaning "qonini ichmoqchi" bo‘lgan direktor jazolandi

Avvalroq Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilari "Ochiq byudjet" loyihasida ovoz to‘plashga SIM-karta sotib olish uchun pul yig‘ishga jalb qilingan maktab direktori ishdan bo‘shatilgandi.

Open budget‘da yutolmasa hammaning "qonini ichmoqchi" bo‘lgan direktor jazolandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi maktablarning birida direktor o‘qituvchilarning har biridan Open budget loyihasi uchun 100 tadan ovoz yig‘ishni talab qilgani aytilgan audioxabar tarqaldi.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu ovozli xabar Navbahor tumanida joylashgan 9-maktab direktori D.Turobovaga tegishli.

 

«Holat boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi U.Tillayev tomonidan tegishli masʼullar bilan birgalikda zudlik bilan atroflicha o‘rganib chiqildi. Direktorga nisbatan ish beruvchining tegishli buyrug‘iga asosan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llandi», — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, hozirda holat vakolatli organlar tomonidan direktorning xatti-harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilari «Ochiq byudjet» loyihasida ovoz to‘plashga SIM-karta sotib olish uchun pul yig‘ishga jalb qilingan maktab direktori ishdan bo‘shatilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика