1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Openbudget”ga ovoz yig‘ib berishini aytib, 37 mln pulni “uxlatgan” talaba ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

“Openbudget”ga ovoz yig‘ib berishini aytib, 37 mln pulni “uxlatgan” talaba ushlandi

 

“Openbudget” uchun 4 000 ta ovoz yig‘ib berishni vaʼda qilgan firibgar 18 yoshli talaba bo‘lib chiqdi, deya xabar bermoqda IIV Kiberxavfsizlik markazi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi 18 yoshli Ch.S. sodir etgan. U Telegram messenjeri orqali X.O. bilan bog‘lanib, unga Openbudget loyihasida 4.000 ta ovoz yig‘ib berishini vaʼda qilgan. Shundan so‘ng uning bank kartasi raqami va maxfiy kodini qo‘lga kiritib, kartadan 37 mln so‘m miqdoridagi pullarini yechib olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Ch.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qonunga muvofiq, Ch.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика