Ilon Maskning Twitter‘ni xarid qilishi Donald Nrampning ijtimoiy tarmoqqa qaytishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Oq uydagi ayrim manbalariga tayanib, CNBC telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQSH prezidenti administratsiyasida yuqoridagi masala bo‘yicha xavotirlar bor. Shuningdek, Oq uy endilikda tarmoqda yolg‘on axborot ko‘payib ketishidan ham xavfsiramoqda. Bu o‘z navbatida 2022 yilning kuzidagi AQSH Kongressi uchun oraliq saylovlar va 2024 yilgi prezident saylovlarida demokratlar partiyasi pozitsiyasining zaiflashuviga olib kelishi mumkin.
Tramp o‘z navbatida Twitter‘ga qaytmasligini o‘zi asos solgan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida qolishini maʼlum qildi. 2021-yil 6-yanvar kuni sobiq prezidentning Twitter va Facebook‘dagi sahifalari bloklab qo‘yilgandi.
25 aprel kuni Ilon Mask Twitter‘ni 44 milliard dollarga sotib oldi.
Avvalroq Tramp 6-yanvar tartibsizliklariga aloqador emasligini aytgandi.


