1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Oq uyda kokain: tergov yopildi, kukun egasi esa topilmadi

Respublikachilar bu voqeadan foydalanib, siyosiy raqiblarini yana bir bor tanqid qildi.

Oq uyda kokain: tergov yopildi, kukun egasi esa topilmadi

 

Avvalroq Oq uyda kokain solingan paketcha topilgandi. Associated Press maʼlumotlariga ko‘ra, bir hafta davom etgan surishtiruvdan so‘ng, AQSH razvedka idoralari giyohvandlik moddasini u yerda kim qoldirganini aniqlolmadi.  

 

O‘tgan hafta Oq uy qabulxonasida topilgan paketchada barmoq izlari yoki DNK yo‘q edi. Kuzatuv kameralari ham gumonlanuvchini qayd etmagan. Taʼkidlanishicha, binoning bu qismi doimo gavjum bo‘ladi - Oq uy xodimlari va sayyohlik guruhlari tinimsiz kirib-chiqadi. 

 

"Ashyoviy dalilsiz tergovchilar kokain topilgan joydan o‘tgan yuzlab odamlar orasidan kerakli shaxsni ajratib ko‘rsata olmaydi", — deyiladi maxfiy xizmatlar hisobotida. 

 

Oq kukunli paketcha topilgach, ehtiyot chorasi sifatida bino qisqa muddatga evakuatsiya qilindi. Mutaxassislar ushbu moddaning xavfli yoki yo‘qligini aniqlash uchun joyida sinovdan o‘tkazishdi. Ammo sinovlar shuni ko‘rsatdiki, kukun biologik xavf tug‘dirmaydi, balki kokainni o‘z ichiga oladi. 

 

Ayni paytda, Oq uyda kokain bilan sodir bo‘lgan voqea respublikachilarning ko‘plab tanqidlari va savollariga sabab bo‘lmoqda. Prezident matbuot xizmati Jo Bayden giyohvand moddalar Oq uyga qanday kelib qolganini aniqlashni «juda muhim» deb hisoblashini aytdi. O‘sha kuni Bayden ishda emas, oilasi bilan boshqa qarorgohda dam olayotgan bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика