1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Oq uyda Saida Mirziyoyeva va AQSH Prezidenti yordamchisi uchrashuv o‘tkazdi

Suhbat xotin-qizlarni gender zo‘ravonlikdan himoya qilish va O‘zbekistonda unga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi.

Oq uyda Saida Mirziyoyeva va AQSH Prezidenti yordamchisi uchrashuv o‘tkazdi

 

Oq uyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva hamda Jo Baydenning yordamchisi va AQSH prezidenti administratsiyasining gender siyosati bo‘yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda olib borilayotgan muhim islohotlar haqida so‘z bordi.

 

Suhbatning asosiy mavzularidan biri — xotin-qizlarni gender zo‘ravonlikdan himoya qilish va O‘zbekistonda unga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlar bo‘ldi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar faqat qog‘ozda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qilindi. Jennifer Klayn bu borada amaliy yordam berishni taklif qildi. Ochiq muloqot va samimiy suhbatdan so‘ng O‘zbekiston tomoni kelgusida aloqalar yana-da mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика