1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani rad etildi

Holat yuzasidan hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumanidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqidagi videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qad etilishicha, suv omborida hech qanday nosozliklar yoki xavfli holat yuzaga kelmagan. Suv sathi meʼyoriy darajada bo‘lib, damba va unga tegishli infratuzilmalar barqaror holatda ishlamoqda. Barcha obyektlar doimiy ravishda mutaxassislar tomonidan nazorat qilinyapti.

 

“Oqdaryo suv ombori strategik ahamiyatga ega inshoot sifatida qonunchilikka muvofiq ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xavfsizligi to‘liq taʼminlangan”, deyiladi hokimlik munosabatida.

 

Tarmoqlarda tarqalgan videolavhani ikki fuqaro tasvirga olib, tarqatgani maʼlum bo‘ldi. Sud qarori bilan ularning har biriga 7,5 mln so‘mdan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика