1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

 

Xorazm va Namangan viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

 

Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda O.U. ismli shaxs fuqaro A.N.ni tanishlari yordamida Namangan muhandislik-qurilish institutining Informatika yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi, departamentning Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 ming dollar evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1,4 ming dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика