1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘qituvchilar kuni endi 5 oktabrda nishonlanadi

Bu bayram 100 dan ortiq mamlakatlar tomonidan nishonlanadigan Butunjahon o‘qituvchilar kuni bilan uyg‘unlashtirildi.

O‘qituvchilar kuni endi 5 oktabrda nishonlanadi

 

Qozog‘istonda o‘qituvchilarning kasb bayrami — O‘qituvchilar kuni endi 5 oktyabr kuni nishonlanadi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Hukumati tegishli qaror qabul qildi.

 

Hukumat rasmiy saytida eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, davlat bayramlari ro‘yxatiga ko‘ra, O‘qituvchilar kuni oktyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanib kelgan. Endilikda bu bayram 5 oktyabr kuni 100 dan ortiq mamlakatlar tomonidan nishonlanadigan Butunjahon o‘qituvchilar kuni bilan uyg‘unlashtirildi.

 

O‘qituvchilar kuni — taʼlim sohasidagi barcha xodimlar uchun umumiy kasb bayramidir. Shu kuni o‘qituvchilar jamoasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va mehnati, bunga qo‘shgan ulkan hissasi nishonlanadi.

 

Taʼlim-maorif vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Qozog‘istondagi maktabgacha taʼlim, o‘rta, texnik va kasb-hunar taʼlim muassasalarida 556 ming nafar o‘qituvchi mehnat qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика