1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

O‘qituvchilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi

Bu bo‘yicha yaqinda Rasul Kusherbayev vazirlarga deputatlik so‘rovi yuborgandi.

O‘qituvchilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi

 

O‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depututi Rasul Kusherbayev o‘zining rasmiy telegram kanalida xabar qildi.

 

Deputatning yozishicha, qonunda ta’lim tizimi xodimlari uchun majburiy tibbiy ko‘rik bepul ekanligi ko‘rsatilishiga qaramay, turli vajlar bilan bu qonun talabi bajarilmagan va xodimlar o‘z hisoblaridan tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelgan.

 

“Ushbu masalada yaqinda Sog‘liqni saqlash vaziri, Xalq ta’limi vaziri, Moliya vaziri, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri nomiga deputatlik so‘rovi kiritgan edim.

 

Muloqotda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari biz ko‘targan ushbu masala o‘rganilgani va asosli ekanligini inobatga olib, zudlik bilan viloyatlardagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiy markazlarga Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilganini bildirdi”, — deydi Rasul Kusherbayev.

 

Shuningdek, moliyaviy masalalarni hal etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliya vazirligiga tegishli topshiriq ham berilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика