1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘qituvchilarni qiynayotgan savol: hozirgi vaziyatda maktablardan davomat talab qilinishi to‘g‘rimi?

Maʼlumki, hozirda ayrim viloyatlarda dars jarayonlari boshlangan. Ammo, havo harorati sovuq ekani hisobiga juda ko‘p ota-onalar farzandini maktabga yubormayapti.

O‘qituvchilarni qiynayotgan savol: hozirgi vaziyatda maktablardan davomat talab qilinishi to‘g‘rimi?

 

Telegram‘dagi "Xalq ta‘limi Info" kanali admini Ulug‘bek Po‘latov maktabda o‘quvchilar kam bo‘lgani uchun maktab maʼmuriyatidan davomat talab qilishni boshlashgani, arim pedagoglar shunday vaziyatda bizga nisbatan jazo chorasi qo‘llashsa nima qilamiz deya unga murojaat qilib yozayotganini maʼlum qildi.

 

"Bizningcha, bu vaziyatda maktab xodimlariga jazo chorasi qo‘llab bo‘lmaydi. Birinchidan, hozirgi sovuq havoni hisobga olish lozim. Ikkinchidan esa bunga ularning huquqiy asosi yo‘q.

Masalaning huquqiy jihatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, qishki taʼtilni 18 yanvargacha uzaytirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 6 yanvardagi 1-sonli buyrug‘i hozir ham amalda.

Maktablarni 11 yanvardan boshlab ochish esa og‘zaki topshiriq bilan amalga oshirildi. Agar bu Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy buyrug‘i bilan bo‘lganda edi o‘quvchilar davomatini talab qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi.

Umumiy qilib aytganda hozirgi vaziyatda davomat uchun pedagog xodimlarni javobgarlikka tortish mantiqsizlikdan boshqa narsa emas.

Quyi tizimdagi ayrim o‘zini tushunib, tushunmaslikga olib yuraveradigan mutasaddilar maktab maʼmuriyatidan davomat talab qilsa, ularga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy buyrug‘i va havo haroratini yaxshilab ko‘rsatib qo‘yish kerak", — degan Po‘latov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика