1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oqqo‘rg‘onda kelin eri tomonidan kaltaklandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Oqqo‘rg‘onda kelin eri tomonidan kaltaklandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ayol eri va qaynonasi tomonidan kaltaklangani aks etgan videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, holat joriy yilning 16 yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Unda 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i (Sh.U.) o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. 

 

Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

 

1988 yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan JKning 126(1)-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика