Qayd etilishicha, hodisa bugun, 23 yanvar kuni soat 15:20 larda Yunusobod tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Unda Nexia-2, Nexia-3, Spark va 2 ta Lacetti o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida habar kelib tushmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


