1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Orban: Yevropa sekin o‘layotgan paytda Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda

Vengriya bosh vaziri sanksiyalar o‘zini oqlamaganini aytdi.

Orban: Yevropa sekin o‘layotgan paytda Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda

 

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini xato deb atadi.

 

“Sanksiyalar ularga qo‘yilgan umidlarni oqlamadi. Yevropa asta-sekin yaralanmoqda, bu paytda esa Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda. Bir narsa aniq: Bryusselning xato sanksiyalar siyosatini o‘zgartirish kerak”, – degan u YеIning norasmiy uchrashuvida.

 

Shu bilan birga Orban Vengriya neft embargosidan tashqarida ekanini va qator cheklovlarga qo‘shilmaganini eslatib o‘tgan. Bosh vazirning fikricha, aynan sanksiyalar Energetik resurslarning narxini keskin oshib ketishiga olib keldi.

 

Avvalroq Vengriya TIV Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalardan maʼno yo‘qligini aytgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика