1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Orenburg viloyatida qo‘lbola spirtli ichimlik bilan zaharlangan  32 kishi vafot etdi

Rossiyaning Orenburg viloyatida qo‘lbola spirtli ichimlik bilan zaharlanish oqibatida  32  kishi vafot etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Orenburg viloyatida qo‘lbola spirtli ichimlik bilan zaharlangan  32 kishi vafot etdi

 

Taʼkidlanishicha, surrogat bilan zaharlanib kasalxonaga yotqizilganlar soni 64 kishiga yetgan.

Gubernatorning ijtimoiy siyosat bo‘yicha o‘rinbosari - Orenburg viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Tatyana Savinova ko‘plab bemorlarda metanol dozasi odamni o‘ldiradigan darajadan bir necha baravar yuqori ekanini taʼkidladi. U yana Orenburg aholisini qachon sotib  olinganidan qatʼi nazar spirtli ichimliklardan tiyilishga chaqirdi.

 

Viloyat hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan bir kun ichida surrogat mahsulotlarini noqonuniy sotishning yana bir nuqtasi aniqlangan.

Soxta ichimliklar tayyorlayotganlarga qarshi jinoiy ishi qo‘zg‘atildi, tergov doirasida to‘qqiz kishi hibsga olingan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика