Kecha ijtimoiy tarmoqlarda "O‘rgimchak odam-2022" izohi ostida Yangi yil archasini bezatayotgan odamning surati tarqaldi. Tarmoq kuzatuvchilari tomonidan turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘lgan fotosurat muhokamalar bilan bir qatorda, ko‘tarinki kayfiyat ham ulashdi.
Yangi yil archasini bezatayotgan "o‘rgimchak odam" surati Qozog‘istonning Aktau shahrida olingan. Mazkur shahardagi Yangi yil archasi mana shunday bezatildi.
"Sputnik Qozog‘iston"ning xabar berishicha, shahar hokimiyati xavfsizlik qoidalarini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rishga vaʼda berdi.
Odatda bunday maqsadlar uchun maxsus texnik savatdan foydalaniladi, ammo haydovchi qoidaga rioya qilmagan.