Gretsiyada ob-havo tufayli iyul oyida yuqori darajadagi yong‘in xavfi prognoz qilinmoqda. Bu haqda mamlakat Fuqaro muhofazasi vazirligi xavfli hududlar ko‘rsatilgan xaritani eʼlon qildi.
Egey dengizi sohillari, shuningdek, Attika, Peloponnes va Gretsiyaning markaziy qismi alohida xavf ostida. Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatlari yuqori tayyorgarlik holatga keltirilib, o‘tgan yili bu yerda haqiqiy ofatga aylangan o‘rmon yong‘inlarining oldini olish uchun kun-u tun vaziyatni nazorat qilmoqda.
Rasmiylar profilaktika chorasi sifatida o‘rmonlar va yong‘in xavfi bo‘lgan har qanday hududlarga borishni qatʼiy taqiqlashni joriy qildi.
Hozir mamlakatga Yevropa Ittifoqining olti davlatidan 200 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jo‘natilgan. Ular o‘z tajribalarini yunon hamkasblari bilan o‘rtoqlashadilar va yong‘inga qarshi kurashda yordam berishadi. Bolgariya va Ruminiyadan birinchi ikki jamoa allaqachon yetib borgan.
O‘tgan yili Gretsiyada misli ko‘rilmagan yong‘inlar minglab gektar o‘rmonlarni tekislagan edi.O‘rmon yong‘inlari paytida eʼlon qilingan EFFIS hisobotiga ko‘ra, Gretsiyada sodir bo‘lgan yong‘inlar barcha yerlarning 90 foizini vayron qilgandi.


