1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Orolbo‘yi trast fondiga Yaponiya hukumati resurslari jalb qilinadi

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi ilg‘or yapon texnologiyalari joriy etiladi.

Orolbo‘yi trast fondiga Yaponiya hukumati resurslari jalb qilinadi

 

O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasida Yaponiya parlamenti qo‘yi palatasi aʼzosi Moriyama Xiroyuki bilan muzokara o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

 

Uchrashuvda asosiy eʼtibor O‘zbekistondagi bugungi ekologik holat va dolzarb masalalarga qaratilib, iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar mamlakatga o‘z salbiy taʼsirini ko‘rsatayotganligi, xususan, bu jarayonlar Markaziy Osiyoda dunyoning boshqa ko‘plab mintaqalariga qaraganda ancha jadal kechayotganligini taʼkidlandi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan qurg‘oqchilik va suv tanqisligiga qarshi kurashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish borasida qatʼiy harakatlar amalga oshirilayotganligi maʼlum qilinib, Yaponiya ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonning atrof muhitni himoya qilish yo‘nalishidagi saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayotganligi va ko‘plab ekologik muammolarning yechimida ko‘mak berayotganligi qayd etildi.

 

Yaponiya parlamenti aʼzosi Xiroyuki Moriyama Orol dengizidagi ekologik vaziyat bugungi kunda tobora  global muammoga aylanib borayotganligini, ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha dunyo mamlakatlari saʼy-harakatlarini birlashtirish va faollashtirish muhimligini taʼkidladi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondiga Yaponiya Hukumati va tashkilotlari resurslarni mobilizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi, tozalovchi, drenaj suvlari sifatini oshiruvchi ilg‘or yapon texnologiyalarni keng joriy etish hamda tarixan buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan, Yaponiyadagi ilk port shahar – Osaka prefekturasidagi Sakai shahri bilan hududlararo aloqlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика