1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘rta Chirchiqda Nexia 2 avtomobili yonib ketdi

Yong’indan oldin u Cobalt bilan to’qnashgan.

O‘rta Chirchiqda Nexia 2 avtomobili yonib ketdi

 

Bugun, 24-mart kuni taxminan soat 17:30 da O‘rta Chirchiq tumanida Nexia 2 va Cobalt avtomobillari to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia 2 burilish joyidan qayrilib olayotgan vaqtda Cobalt avtomobili bilan to‘qnashgan. Hodisa natijasida Nexia 2 avtomobilida yong‘in kelib chiqqan, ammo harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga zarar yetmagan.

 

IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in to‘liq o‘chirilgan va holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика