1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘rtoqlarim sog‘ayib ketsa, Ummon’ni tiklashga so‘z beraman”

Bu haqda guruhning sobiq a’zosi Instagramda post qoldirdi.

“O‘rtoqlarim sog‘ayib ketsa, Ummon’ni tiklashga so‘z beraman”

 

Yoshlarning sevimli guruhlaridan biri “Ummon” san’at olamiga yashindek kirib keldi. 2007-yilda havaskor guruh sifatida tashkil topgan jamoa 12 yil avval “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ilk yakkaxon konsertini bergan. Qisqa vaqt ichida sevimli yulduzga aylangan — Zohid, Jasur va Shohruhdan iborat guruh 2018-yilning yoziga kelib, ayrim sabablarga ko‘ra tarqalib ketdi. Zohid Rixsiyev yakkaxon ijrochi bo‘ldi, Jasur va Shohruh esa “Ummon” nomini saqlab qoldi. Lekin bu uzoqqa cho‘zilmadi, oradan ikki yil o‘tib, ya’ni 2020 yil boshida Jasur Rafikov ham  ijodni to‘xtatdi. O‘sha yilning o‘zidayoq Shohruh ham san’atni tark etdi.

 

Yaqinda guruhning sobiq a’zosi Zohid ayanchli avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida u shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Avtohalokat sodir bo‘lgan kun ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning salomatligi haqida turli mish-mishlar tarqadi. Bularga javoban Shohruh do‘stining salomatligi haqida tarmoq orqali ommaga videoxabar qildi. 

 

Guruhning yana bir a’zosi Jasur Rafiqov ham anchadan beri saraton bilan kurashmoqda. Shu sababli Shohruh Instagram sahifasida do‘stlari Jasur va Zohid sog‘ayib ketsa, muxlislariga ularni mashhurlik cho‘qqisiga olib chiqqan guruhni yana qayta tiklashga so‘z berdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика