
“O‘zbekning Jeymiye Oliveri”

Bahriddin Chustiy O‘zbekistondagi eng taniqli oshpaz, restorator va bloger. “Oshxona.uz” brendi ostidagi umumiy ovqatlanish tarmog‘i, “Chustiyʼs Cuisine”, “Tez Food” kafelari egasi. O‘zbekistonda 2016 yilda u boshchiligida tayyorlangan og‘irligi 7360 kg keluchi palov Ginnes Rekordlari ro‘yhatiga kirgan. Shuningdek, unga britaniyalik mashhur yozuvchi “O‘zbekning Jeymiye Oliveri” deb taʼrif bergan. Bahriddin Chustiy o‘zbek taomlarini dunyoga tanitish maqsadida 3 ta tilda nashrdan chiqqan kitob ham yozgan.
O‘ziga xos brend egasi

Alen Dyukass — dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq restoranlar egasi. Uning nomi o‘ziga xos brend hisoblanadi. Shuningdek, uning gastronomiya haqidagi kitoblari butun dunyoda mashhur. U o‘z hayoti davomida ko‘plab shogirdlarga ustozlik qilib, dunyoga mashhur oshpazlar bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Oshpazlik dasturlari qiroli

Gordon Ramsay — bir qancha mashhur oshpazlik dasturlarining muallifi. U televizion karyerasidan tashqari Angliyada 10 ta restoran va 3 ta bar, boshqa mamlakatlarda esa 12 ta restoranga egalik qiladi.
Shuningdek, u yozgan kitoblarning barchasi butun dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan kitoblar sirasiga kiradi.
Taniqli va isteʼdodli shoumen

Jeymi Oliver angliyalik restorator, oshpaz, shoumendir. U yozgan kitoblar, teledasturlar Jeymining sog‘lom ovqatlanish falsafasiga qo‘shgan ulkan hissasi hisoblanadi. Uning bu dasturlari hozirda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida efirga uzatiladi.
Shuningdek, Jeymining “Manchester Siti” sport klubi bilan shartnomasi bor. Unga ko‘ra, u “Etihad” stadionidagi barcha ovqatlarga masʼul.
Fransuz oshxonasining afsonasi

Fransuz oshxonasining yana bir afsonasi — Pol Bokyuz. U “Bosuse Gold” oshpazlik tanlovi va “Fransuz yuqori oshpazlik” jamiyati asoschisi. Uning restoran oshxonasi mahsulotlarning tabiiy taʼmi, barcha ingrediyentlarning yangiligi, har bir taomning soddaligi va nafisligi kombinatsiyasi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, u mashhur “Shef” filmini suratga olish uchun katta hissa qo‘shgan.
Termoyadroviy oshxona apologi

Yaponiyalik Nobuyuki Matsuxisa termoyadroviy oshxona apologi sifatida tanilgan. U o‘zining taomlarida ajablanarli darajada klassik yapon motivlari va Peru, Argentina oshxonasidagi ingrediyentlarni birlashtiradi. Bugungi kunda barcha yuqori tanqidchilar va oshxona oshpazlari “bu oshpaz o‘z uslubida tengi yo‘q taomlar yaratadi”, deb hisoblaydi.
Nobu oshpazlik sanʼatiga oid 2 ta kitob yozgan va hatto bir nechta filmlarda rol o‘ynagan.
Retseplarga noanʼaviy yondashuvchi

Avstriyalik Volfgang Pak retseptlarga noanʼanaviy yondashuvi bilan mashhur. U AQSH, Yaponiya va Kanadada 20 dan ortiq restoranlarga ega. Bir nechta oshpazlik brendlari hamda tez ovqatlanish tarmoqlarining egasi hisoblanadi. Uning asl sendvichlari dunyoning barcha yirik aeroportlarida sotiladi.
Bugungi kunda bu oshpaz kino premyeralari, moda namoyishlari uchun katta kechki ovqatlarni uyushtiradi.
Ozoda Choriyeva tayyorladi.


