1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Oshqozoningizga “qul” bo‘lib qolganingizda, bizning tavsiyalarga amal qiling!

Meʼyordan ortiq ko‘p ovqat isteʼmol qilish yomon odat. Undan o‘z vaqtida xalos bo‘lmasa, oqibatda salomatlikka jiddiy zarar yetishi mumkin.

Oshqozoningizga “qul” bo‘lib qolganingizda, bizning tavsiyalarga amal qiling!

 

 

Agar sizda bu muammo allaqchon boshlangan bo‘lsa, undan xalos bo‘lish uchun dori vositalariga murojaat qilishdan avval oddiy mashqlarni bajarib ko‘rgan maʼqul. Masalan:

 

—   Meʼyoridan ortiq ovqat tanovvul qilgach, o‘zingizni lohas his qilayotgan bo‘lsangiz, darhol toza havoda sayr qiling. Yengil gimnastik mashqlarni bajaring.

 

—   Chuqur-chuqur nafas olish ham ovqat hazmini yaxshilashga yordam beradi: bunda qo‘llar bosh ustida birlashtirilib, yuqoriga 15-20 marta tortiladi.

 

—    Qo‘llar yuqorida jipslashtirilgancha o‘ngga-chapga egilishdan iborat yengil mashqlar ham hazm qilish jarayonini tezlashtirishda sizga as qotadi.

 

—   Oshqozonda og‘irlik hissi yo‘qolmaguncha yotib olmang. Ko‘p yeb qo‘yish holatida sut-qatiq mahsulotlarini isteʼmol qilish yoki ko‘k choy ichish ham hazmi taomga yordam beradi.

 

—   Yuqoridagi tavsiyalardan ham ko‘ra, sizga salomatligingiz haqida doimiy qayg‘urishni v taomlanishga o‘tirganingizda irodangizni jilovlaashni tavsiya qilamiz. Doimiy og‘ir ovqatlar bilan oshqozonni qiynash ham yaxshilikka olib kelmaydi.  

 

Oshqozoningizga doimo g‘amxo‘r bo‘ling.Uni zararlantirib qo‘ymang!

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика