1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘t o‘chirish mashinasi va Gentra ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ayni vaqtda holat bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘t o‘chirish mashinasi va Gentra ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida o‘t o‘chirish mashinasi va Gentra r ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, YTH 1-iyul kuni soat 16:30 larda Shayxontohur tumanining Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Olmazor tumani Muhokama ko‘chasidagi 14-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiruvga asosan mazkur manzil tomon harakatlanib ketayotgan 27 yoshli M.A. boshqaruvidagi yong‘in qutqaruv mashinasi hamda 2001-yilda tug‘ilgan S.F. boshqaruvidagi Gentra ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergan.

 

YTH oqibatida Gentra haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика