Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.A.dan undiruvchi Z.T. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor X.A.dan aliment to‘lovlari o‘z vaqtida undirib kelingan.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor X.A.ning aliment to‘lovlaridan qarzi mavjud bo‘lmasa-da, undiruvchi Z.T. bilan kelishgan holda ikki nafar farzandlarining kelajagi uchun ular voyaga yetgunga qadar to‘lanadigan aliment pullari o‘rniga farzandlariga ko‘p qavatli uylardan xonadon olib berishni ma’lum qildi.
Shu tariqa, sobiq turmush o‘rtoqlar o‘zaro kelishuvga erishib, ota o‘g‘lining nomiga Urganch shahar markazidan bir xonali xonadon hujjatlarini rasmiylashtirib berdi.


