1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

«Ota o‘g‘il»

Shunday yashangki, ertaga farzandlaringiz oldida uyalib qolmang!

«Ota o‘g‘il»

 

«O‘ttiz yil shifokor bo‘lib ishladim. Obro‘ topdim, hovli ko‘tardim, to‘rt farzandimni oliy maʼlumotli qildim, o‘g‘illarimning har biriga mashina, uy... Mana, erishgan natijalarim. Shu yil tibbiyot akademiyasini tugatgan kenjamga o‘rnimni bo‘shatib, nafaqaga chiqdim. Yarim yildan oshdi, ishlayapti. Uyga so‘rab kelguvchi kasallari ham bor. U yer-bu yerda o‘g‘limni bilimli, xushmuomala ekan, deya maqtashsa, ko‘ksim g‘ururga to‘lib ketadi. O‘tgan kuni oqshomda shaxmat o‘ynay turib, aytgan gapi ikki kundirki ko‘zimga uyquni yaqinlashtirmaydi.

 

— Dada, kecha operatsiyadan keyin bemorning yaqinlaridan biri cho‘ntagimga pul soldi. Juda yomon bo‘lib ketdim. Aytgancha, bir paytlari siz o‘sha odamni operatsiya qilgan ekansiz, aytib qoldi... Keyin «Otam ham pora olmagan, men ham olmayman», deya bir dasta pulini qo‘liga tutqazdim. Quvonchdan ko‘zlari жилмайди....

 

To‘g‘risi, o‘g‘lim o‘sha kishining ko‘rinishini obdon tavsiflasa ham, qaysi bemorim ekanligini eslay olmadim. O‘ylab qarasam, faqat cho‘ntagimga solingan pullar evaziga nimalar qilganim xotiramda qolgan ekan...»

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика