AOKAda Sudyalar oliy kengashi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yildagi faoliyat sarhisobi va istiqboldagi vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Ularning 22 nafari o‘z arizasiga ko‘ra, 2 nafari vafot etgani munosabati bilan, 17 nafari sudyalik qasamyodini, 8 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimidan ozod qilgan. Bundan tashqari vakolat muddati yakuniga yetgan 10 nafar sudya ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga noloyiq, deb topildi.
Sudyalar faoliyati samaradorligini ochiq va shaffof baholash bo‘yicha milliy elektron reyting baholash dasturi yanada takomillashtirilib, eng yuqori reyting-ballga ega sudyalar “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda. 2023 yilda 15 nafar sudya ushbu mukofotga loyiq, deb topildi.
Tizimda 199 nafari (14,1 foiz) ayol sudya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 28 nafari rahbar sudyalik lavozimlariga tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra, sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025 yilda 20 foizga, 2030 yilda 30 foizga yetkazish nazarda tutilgan.
Ayni paytda tizimda 1409 nafar sudya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 453 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga; 903 nafari o‘n yillik muddatga; 51 nafari muddatsiz davrga tayinlangan.


