1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘tgan yili 6420 dona madaniy boylikning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan

Hozirda 8210 ta moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk obyekti davlat muhofazasiga olingan.

O‘tgan yili 6420 dona madaniy boylikning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan

 

O‘tgan yili 72 ta obyekt infratuzilmasini rivojlantirish uchun 144,0 milliard so‘m ajratilgan.

 

Shuningdek, 69 ta moddiy-madaniy obyekt taʼmirlash usullari orqali asl holiga keltirilgan.

 

Madaniy meros agentligi va hududiy madaniy meros boshqarmalari tomonidan 2022 yil davomida 2 208 ta madaniy meros obyektlarida monitoring ishlari olib borildi.

 

O‘tgan yil davomida alohida tarixiy, ilmiy, badiiy, shaharsozlik yoki o‘zgacha ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan 69 ta moddiy madaniy meros obyekti taʼmirlash usullari orqali asli holiga keltirildi.

 

Yerga noqonuniy egalik qilish hisobiga 74 ta madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish holatlari aniqlandi va taʼsir cholarini ko‘rish maqsadida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

 

Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan 2022-yil davomida 638 ta loyiha hujjatlari ko‘rib chiqilib, 395 ta loyiha hujjatlari maʼqullangan va 243 ta loyiha hujjatlariga rad javobi berilgan.

 

Respublika hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan 8210 ta madaniy meros obyektlaridan, 1002 tasiga ijara shartnomasi tuzildi.

 

Tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 829 ta yo‘l ko‘rsatkichlari (ingliz, rus va boshqa tillarda) o‘rnatildi va bepul 219 ta Vi-Fi hududlari tashkil etildi.

 

Shuningdek, Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sohasi bo‘yicha 8 210 ta moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan 7829 tasining kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi hamda Davlat kadastrlari yagona tizimiga 98 foiz obyektlar kiritildi. 7 ta muzey qo‘riqxona, jumladan, “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralari tasdiqlandi.

 

 2022-yilning iyun oyida ISESSO (Xalqaro Islom tashkiloti) tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 7 ta madaniy meros obyekti Butun jahon Islom olami durdonalari ro‘yxatiga kiritildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика