1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

O‘tgan yili emlash uchun qancha mablag‘ sarflangan?

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari bu haqda maʼlum qildi.

O‘tgan yili emlash uchun qancha mablag‘ sarflangan?

 

2022 yilda yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun 205 mlrd so‘m ajratildi va emlash qamrovi 98 foizga yetkazildi.

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi:

 

O‘tgan yil yakuniga kelib 2018 yilga nisbatan brutsellyoz 30 foizga (242 ta holat), virusli gepatitning “V” turi 96,4 foizga (188 ta holat), virusli gepatitning “S” turi 89,9 foizga (62 ta holat), OIV infeksiyasi 4,2 foizga (172 ta holat)ga kamaydi.

 

Soha rivoji uchun va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida 243,4 mln dollarlik 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

So‘nggi bir yil davomida Yevropa va Jahon savdo tashkilotlari va xalqaro talablardan kelib chiqib, taʼlim, qurilish, oziq-ovqat va boshqa sohalar bo‘yicha 37 ta sanitariya qoida va meʼyorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика