1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘tgan yili mahallalarga 3 milliard so‘mlik kitoblar tarqatilgan

“Mahalla” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

O‘tgan yili mahallalarga 3 milliard so‘mlik kitoblar tarqatilgan

 

2022-yilda jami 16 mingdan ziyod kam taʼminlangan oilaga qariyb 8 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 1000 nafardan ziyod fuqarolarga sog‘lig‘ini tiklash uchun salkam 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, 87 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 14 yurtdoshimizga esa ortopedik moslamalar olib berildi. Shuningdek, 26 nafar vatandoshimizning murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishlari uchun malbag‘ ajratildi

 

O‘tgan yilda aholi bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilib, 562 nafar yurtdoshlarimizga tikuv mashinalari, 153 nafariga esa maishiy texnika vositalari olib berildi.  

 

Shuningdek, fond mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan 4 milliard 200 million so‘m mablag‘dan 2700 fuqaroga kiyim-kechak, 7000 dan ziyod aholiga oziq-ovqat, 1000 nafar yurdoshlarimizga xo‘jalik mollari hamda 2000 ga yaqin oilaga naqd pul ko‘rinishidagi moddiy yordamlar tarqatildi.

 

“Har bir mahallaga kitob” loyihasini hayotga tatbiq etdi. Loyiha doirasida bugungi kungacha 5000 mingdan ziyod mahallaga 3 milliard so‘mlik kitoblar tarqatildi. Shuningdek, o‘tgan yilda 274 ta mahallaga mebel jihozlari, 330 mahallaga esa kompyuter jamlanmalari tarqatildi. Buning uchun fond mablag‘lari hisobidan 3 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, o‘tgan yilda 3000 ga yaqin mahalla idoralari xodimlariga 9 milliard so‘m bir martalik moddiy yordamlar ajratildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика