1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘tgan yili salkam bir trillon so‘mlik yer uchastkalari sotildi — Davaktiv

Elektron onlayn-auksionda sotib olingan yer pulini 3 yil muddatgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin.

O‘tgan yili salkam bir trillon so‘mlik yer uchastkalari sotildi — Davaktiv

 

2022 yil davomida bo‘sh turgan yer uchastkalarini sotish va ijaraga berishdan kelib tushgan umumiy daromad 989 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan anjumanda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakili Mirshod Ubaydov maʼlum qildi.

 

Bayonotda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yilda jami 12 mingta lot "Yerelektron" auksioni orqali sotilgan bo‘lib, shundan 3,4 mingtasi (75 gektar) mulk huquqida va 8,8 mingtasi (921 gektar) ijara huquqida 989 mlrd. so‘mga sotilgan.

 

Savdolar natijasida 559,9 mlrd.so‘mdan ortiq tushum tushgan va uning 421,8 mld.so‘mi tegishli byudjetlarga yo‘naltirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari mulk huquqini elektron onlayn-auksionda sotib olish qiymatini 3 yil muddatgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика