Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Zazu laqabli oti yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Qodirov oti haqiqatan ham o‘g‘irlanganini tasdiqladi va uning qiymati 10 million dollar ekanligini aytdi.
Maʼlum qilinishicha, Zazu — eng muvaffaqiyatli chex otlaridan biri hisoblanadi. U 36 ta poyga o‘tkazib, ularning to‘qqiztasida g‘alaba qozongan. Bunday otning yo‘qolishi Chexiya uchun misli ko‘rilmagan hodisadir.
“Otimning qadrini kamsitmasligingizni so‘rayman. Ommaviy axborot vositalari uning qiymatini 18 ming dollar deb eʼlon qilgan. Bu sunʼiy pasaytirish, ehtimol, uni saqlash va parvarish qilish uchun masʼul shaxslarning qandaydir moliyaviy firibgarliklari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak, biroq sof zotli Zazu kamida 10 million dollar turadi”, — deb yozdi prezident o‘zining Telegram kanalida.


