1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

OTMlarga kirish testlari yana yopiq pavilyonlarda o‘tkazilishi mumkin

Vazirlikning maʼlum qilishicha, 2023/24 o‘quv yili uchun imtihonlar o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlangan.

OTMlarga kirish testlari yana yopiq pavilyonlarda o‘tkazilishi mumkin

 

Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun test sinovlari yana yopiq pavilyonlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Vazirlikning maʼlum qilishicha, 2023/24 o‘quv yili uchun imtihonlar o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlangan, reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

 

Test sinovlari oxirgi marta 3 yil oldin yopiq pavilyonlarda o‘tkazilgan, shundan keyin, pandemiya tufayli ochiq maydonlarda imtihonlarni tashkil etish boshlangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика