1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

OTMlarning birida zargarlikka ixtisoslashgan fakultet ochilishi mumkin

Vazir Abdurahmonov bu masala dolzarb ekanini qayd etgan.

OTMlarning birida zargarlikka ixtisoslashgan fakultet ochilishi mumkin

 

O‘zbekistondagi OTMlarning birida zargarlikka oid fakultet ochilishi mumkin. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, vazirlikda Misr Arab Respublikasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda vazir I.Abdurahmonov, Xelvan universitetining sanʼat taʼlimi kafedrasi zargarlik buyumlari dizayni professori Karam Mosaad Ahmed Mohamed Farag, “Vassef Jeveleri” kompaniyasi bosh direktori Ixab Vassef, “Kirmena Jeveleri” taʼsischisi Mamdux Abdalla ishtirok etgan.

 

Uchrashuvda zargarlik sanoatini rivojlantirishda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda zargarlik buyumlarining zamon talablari asosida yangicha dizaynlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlariga professional mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilingan.

 

I.Abdurahmonov O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining birida zargarlik sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan fakultet ochish masalasi dolzarb ekanini qayd etgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика