1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Oyog‘i singan yigit “peshexod”da prank oldi

Yigitga nisbatan mayda bezorilik moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Oyog‘i singan yigit “peshexod”da prank oldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda yigit kishining Chilonzor tumanida jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 31-may kuni Chilonzor tumani, Chilonzor metro bekati oldidagi yo‘l qatnov qismining piyodalar o‘tish joyida, 2004-yilda tug‘ilgan yigit hamda ushbu “prank”ni tasvirga olishga jalb qilingan tanishi 2000-yilda tug‘ilgan shaxs, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, go‘yoki o‘zini oyog‘i singan holatda ko‘rsatib, yo‘l qatnov qismida sunʼiy tirbandlik sodir etgan hamda yo‘l harakati qatnashchilarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика